III modul/23. Word: Font
Modul
23-mashg‘ulot 12-hafta · 1-dars · 2 akademik soat

Word: Font

Shrift – matnning “ovozi”: bir xil gap Times New Roman da rasmiy, Arial da zamonaviy, Consolas da texnik eshitiladi. Bugun Home → Font guruhining har bir tugmasini ishlaydigan mini Word da sinaymiz va oxirida matnni berilgan namunaga belgi-belgi mos qilib bezaymiz.

Namunaga moslash
Ishlaydigan Font guruhiNamuna bilan avtomatik solishtirishH₂O va m² mashqi
Aa Serif · oyoqchali Aa Sans-serif · oyoqchasiz Home Times New R… ▾ 14 ▾ Aa▾ BIUx2x2 A ab Font Ctrl + B Ctrl + Shift + > H₂O · m² Shift + F3 · Aa 1 pt = 1/72 dyuym

Bilim

Shrift turlari (serif, sans-serif, monospace); punkt (pt) o‘lchovi; Bold, Italic, Underline; rang va marker; registr (Change Case); quyi va yuqori indeks.

Ko‘nikma

Font guruhi va tezkor tugmalar bilan matnni tez bezash; Caps Lock xatosini bir bosishda tuzatish; formulalarni to‘g‘ri yozish; ortiqcha formatni tozalash.

Amaliy natija

Matnni berilgan namunaga mos bezash: shrift, o‘lcham, qalinlik, rang, registr va indekslar namuna bilan bir xil bo‘ladi.

90 daqiqa

Bugungi yo‘l xaritasi

Qoidani eslaymiz: avval belgila, keyin buyruq ber. Font guruhidagi har bir tugma faqat belgilangan belgilarga ta’sir qiladi.

  1. 00–05Kirish va motivatsion savol5 daq
  2. 05–20Shrift turi va o‘lchami (pt)15 daq
  3. 20–32Registr (Change Case) va indekslar12 daq
  4. 32–44Bold, Italic, Underline, rang, marker12 daq
  5. 44–64Simulyator: matnni namunaga moslash20 daq
  6. 64–72Clear Formatting va tezkor tugmalar8 daq
  7. 72–80Amaliy ish va muammolar8 daq
  8. 80–90Test va xulosa10 daq
Motivatsion savol

Caps Lock yoqilganini sezmay butun abzasni “aNDIJON dAVLAT…” deb yozib qo‘ydingiz. Hammasini o‘chirib qayta yozasizmi? Bir bosishda tuzatish usuli “Registr” bo‘limida.

Tarixdan

Times New Roman shriftini 1931-yilda London dagi The Times gazetasi buyurtma qilgan; uni Stenli Morison boshchiligida Viktor Lardent chizgan va gazeta 1932-yildan foydalana boshlagan. Tor ustunlarga ko‘p matn sig‘ishi uchun harflar ixcham qilingan.

Kerakli jihozlar

  • Word 2024 o‘rnatilgan kompyuterlar
  • Bosma namuna (yoki proyektorda ko‘rsatilgan bezalgan matn)
Home → Font → Font · Font Size

Shrift va punkt

Shrift (font) – harflarning bir xil uslubda chizilgan to‘plami. Ular uch katta oilaga bo‘linadi. Serif (oyoqchali) harflar uchida kichik “oyoqchalar” bor – bosma kitob va rasmiy hujjatlar uchun an’anaviy. Sans-serif (oyoqchasiz) – toza, zamonaviy, ekranda va taqdimotda yaxshi o‘qiladi. Monospace (bir xil enli) – har bir harf bir xil kenglikda, dastur kodi uchun.

OilaMisollarQayerda
SerifTimes New Roman, Georgia, CambriaRasmiy hujjat, ariza, kurs ishi, kitob
Sans-serifArial, Calibri, Aptos, VerdanaEkrandagi matn, taqdimot, e’lon, veb
MonospaceConsolas, Courier NewDastur kodi, jadvalda ustun-ustun raqamlar

O‘lcham punktda (pt) o‘lchanadi: 1 pt = 1/72 dyuym ≈ 0,353 mm. 72 pt – bir dyuym (2,54 sm) balandlikdagi “harf qutisi”. Muhim: pt harfning o‘zini emas, harf joylashadigan qutini (em) o‘lchaydi, shuning uchun bir xil 12 pt da turli shriftlar har xil kattalikda ko‘rinadi. Microsoft 365 va Office 2024 da yangi hujjat sukut bo‘yicha Aptos, 11 pt bilan ochiladi (ilgari Calibri edi).

Tajriba 1

Punkt o‘lchagich

Shrift va o‘lchamni tanlang. Ko‘k qavs – 1 em (shrift o‘lchami) balandligi, raqamlar – uning millimetrdagi qiymati. Ekran masshtabi 100% bo‘lsa, harflar qog‘ozdagidek kattalikda ko‘rinadi (taxminan).

Shrift
11 pt
Ag Shrift
Tajriba 2

Qaysi oilaga kiradi?

Keng tarqalgan talab

Ko‘plab rasmiy hujjat va kurs ishlarida Times New Roman, 14 pt talab qilinadi; ba’zi joylarda 12 pt. Aniq talabni har doim kafedra yoki muassasa belgilaydi – yozishdan oldin uslubiy ko‘rsatmani o‘qing.

Home → Font → Aa ▾ · x₂ · x²

Registr va indeks

Registr – harfning bosh (KATTA) yoki kichik ko‘rinishi. Change Case (Aa ▾) tugmasi belgilangan matn registrini qayta yozmasdan o‘zgartiradi. Tezkor usul: belgilab Shift+F3 – har bosganda UPPERCASE → lowercase → Capitalize Each Word almashadi.

BuyruqNatijaQachon
Sentence case.Faqat gap boshi kattaHammasi katta yozilgan matnni oddiy holga keltirish
lowercasehammasi kichikKamdan-kam; masalan, elektron pochta manzili
UPPERCASEHAMMASI KATTAQisqa sarlavha: “ARIZA”, “MUNDARIJA”
Capitalize Each WordHar So‘z Bosh Harf BilanIsm-familiya, nomlar: “Alisher Navoiy”
tOGGLE cASERegistrni teskari qiladiCaps Lock yoqilib qolganda yozilgan matnni tuzatish
Tajriba 3

Change Case: to‘g‘ri buyruqni toping

0 / 4

Har bir topshiriqda matnni qayta yozmasdan, faqat bitta Change Case buyrug‘i bilan “kerakli” ko‘rinishga keltiring. Noto‘g‘ri buyruq natijasi ham ko‘rinadi – nega mos emasligini solishtiring.

Topshiriq
Bor matn
Kerakli ko‘rinish
Natija
—

Quyi va yuqori indeks

Subscript (x₂, Ctrl+=) belgini kichraytirib pastga tushiradi: kimyoviy formulalar – H₂O, CO₂. Superscript (x², Ctrl+Shift++) yuqoriga ko‘taradi: daraja va birliklar – m², x³, 10⁻³, tartib belgisi. “m2” yoki “H2O” deb oddiy yozish – hujjatdagi eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri.

Tajriba 4

Formulalarni tuzating

0 / 6

Punktir chiziqli belgini bosing: har bosishda oddiy → x₂ quyi → x² yuqori almashadi. Har bir formulani izohdagi ma’noga mos qiling.

Home → Font

Namunaga moslang

Bold (Ctrl+B) – qalin: sarlavha va asosiy atamalar. Italic (Ctrl+I) – kursiv: iqtibos, chet so‘z, asar nomi. Underline (Ctrl+U) – tagiga chizish; matnda kam ishlating, chunki u havolaga o‘xshaydi. Font Color (A) harfni bo‘yaydi, Text Highlight Color (ab marker) esa harf ortiga fon beradi – xuddi qog‘ozdagi sariq marker kabi. Uchala tugma ham “almashtirgich”: ikkinchi bosish formatni olib tashlaydi.

Tajriba 5

Mini Word: matnni namunaga moslang

0 / 6

Chapdagi hujjatda matnni sichqoncha bilan belgilang (so‘z – ikki marta bosish, abzas – uch marta), so‘ng Font guruhidan foydalaning. Tezkor tugmalar ham ishlaydi: Ctrl+B/I/U, Ctrl+Shift+>/<, Ctrl+=, Shift+F3, Ctrl+Space, Ctrl+Z. O‘ngdagi namuna bilan farqni ko‘rish uchun “Farqlarni ko‘rsatish” ni bosing.

Moslik
0%
Ko‘p rang – kam ma’no

Bitta sahifada 2–3 tadan ortiq rang va shrift ishlatmang. Rasmiy hujjatda matn odatda qora; ajratish uchun qalin yoki kursiv yetarli. Qora-oq printerda rangli matn kulrang bo‘lib chiqadi.

Font oynasi – Ctrl + D

Font guruhi burchagidagi ↘ belgisi Font oynasini ochadi: bu yerda hammasi bir joyda – Strikethrough, Double strikethrough, Small caps, All caps, Hidden, hamda Advanced varag‘ida harflar orasidagi masofa (Spacing). “Set As Default” tugmasi sukut shriftini o‘zgartiradi.

Clear All Formatting · Ctrl + Space

Tozalash va tezlik

Clear All Formatting (A⌫) belgilangan matndan barcha qo‘lda berilgan formatni olib tashlaydi – matn hujjatning oddiy (Normal) uslubiga qaytadi. Matnning o‘zi o‘chmaydi. Ctrl+Space faqat belgi formatini (shrift, rang, qalinlik) tozalaydi. Bu saytdan ko‘chirilgan “ola-bula” matn yoki kimdir haddan tashqari bezab yuborgan hujjat uchun eng tez yechim. Diqqat: Text Highlight (marker) Clear All Formatting bilan ketmaydi – uni Highlight → No Color bilan olib tashlang.

AmalTugmaTezkor tugma
Qalin / kursiv / tagiga chizishB · I · UCtrl+B · Ctrl+I · Ctrl+U
O‘lchamni ro‘yxat bo‘yicha oshirish / kamaytirishA▲ · A▼Ctrl+Shift+> · Ctrl+Shift+<
O‘lchamni 1 pt ga o‘zgartirish—Ctrl+] · Ctrl+[
Quyi / yuqori indeksx₂ · x²Ctrl+= · Ctrl+Shift++
Registrni almashtirishAa ▾Shift+F3
Belgi formatini tozalashA⌫Ctrl+Space
Font oynasiFont ↘Ctrl+D

Ro‘yxatdagi standart o‘lchamlar: 8, 9, 10, 11, 12, 14, 16, 18, 20, 22, 24, 26, 28, 36, 48, 72. Ro‘yxatda yo‘q qiymatni (masalan 13 yoki 100) maydonga qo‘lda yozib Enter bosish mumkin; Word 1 dan 1638 pt gacha qabul qiladi.

Tajriba 6

Tugma va vazifa

15 daqiqa · yakka

Haqiqiy Word da

O‘qituvchi ko‘rsatgan namunani Word da takrorlang. Har bir qadamni bajargach belgilang.

O‘qituvchi uchun

Namunani bosma holda tarqating yoki proyektorda ko‘rsating. Talabalar tayyor hujjatni yonma-yon qo‘yib solishtirishadi; juftliklar bir-birining ishidagi 3 ta farqni topadi. Baholash mezoni – simulyatordagi 6 band.

Vaziyatlar

Nima bo‘ldi, nima qilamiz?

Guruh avval belgini o‘qib, sababini taxmin qiladi. Keyin javob ochiladi.

O‘zingizni tekshiring

10 ta savol

Variantni tanlang – to‘g‘ri javob va izoh darhol ko‘rinadi.

Mustahkamlash

Bugun nimani o‘rgandik

1. Shrift va pt

Serif – rasmiy, sans-serif – ekran, monospace – kod. 1 pt = 1/72 dyuym. Rasmiy hujjatda ko‘pincha Times New Roman 14 pt.

2. B · I · U · rang

Belgila → tugma. Ikkinchi bosish olib tashlaydi. Rang va shriftni tejab ishlating; marker – fon, Font Color – harf.

3. Aa · x₂ · x² · A⌫

Shift + F3 – registr, Ctrl + = – quyi indeks, Ctrl + Shift + + – yuqori indeks, Ctrl + Space – formatni tozalash.

Atamalar lug‘ati

Kartani bosing – ta’rifi ochiladi.

Mustaqil ish

  • Bitta gapni 5 xil shriftda (2 ta serif, 2 ta sans-serif, 1 ta monospace) bir xil 14 pt da yozing va qaysi biri kattaroq ko‘rinishini izohlang.
  • Kimyo yoki fizikadan 6 ta formulani (H₂SO₄, CO₂, E = mc², 10⁻⁶ m, x² + y² = r², 1 m³) Word da indekslar bilan to‘g‘ri yozing.
  • Keyingi darsga tayyorgarlik: biror ariza yoki rasmiy xat namunasini toping va undagi matn qaysi tomonga tekislanganini (chap, o‘rta, o‘ng, ikki tomon) yozib keling.